Jamiyat
Oʻzgidromet dam olish kunlari haroratning asta-sekin pasayishi davom etishi, yakshanba kuni harorat kunduzi +30…+32 darajadan, janubda +35 darajadan oshmasligi haqida maʼlum qildi.
Oʻzbekistonning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
12−13-avgust kunlari baʼzi joylarda shamol tezligi chang-toʻzon bilan 13−18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligining kuchayishi baʼzida 20−22 m/s ga yetishi mumkin.
Toshkentda 11−13-avgust kunlari havo kam bulutli boʻladi, harorat kunduzi +34…+36 daraja, shanba kuni +32…+34 daraja, yakshanba kuni +30…+32 daraja boʻladi. Sharqiy yoʻnalishdagi shamol tezligi birozdan oʻrtachagacha esadi, kechalari 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q