Iqtisod
“Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq ichki ishlar vaziri tomonidan imzolandi.
Shunga koʻra, 2023-yil 1-noyabrdan toʻlov stavkalari quyidagi miqdorda belgilandi:
Avtotransport vositalariga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (ROʻDRB) uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga ROʻDRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;
Tranzit ROʻDRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.
Shuningdek:
yoʻqotilgan bir dona yoki bir juft ROʻDRB oʻrniga yangi bir juft ROʻDRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
yoʻqotilgan bir dona ROʻDRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) oʻrniga yangi bir dona ROʻDRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
ROʻDRBni 12 oy muddatdan soʻng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.
Mazkur buyruq 2023-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q