Jamiyat
Yunusobod tumani hokimligi liftda qamalib qolgan ikki fuqaroga liftni ishlab chiqargan kompaniya shartnoma yo‘qligi sabab bepul xizmat ko‘rsatmasligini aytgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishi bo‘lgan lift ochilmay qolgani yuzasidan xabar tarqaldi. Ushbu holat Yunusobod tumani hokimligi va huquqni muhofaza qilish organlari mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, 7-avgust kuni soat 17:14 da tumandagi 5-markaz, 74-uyning liftida 2 nafar fuqaro borligida ochilmay qolgan. Ular dastlab, ushbu liftni ishlab chiqargan kompaniyaga telefon qilgan. Shu ondayoq kompaniya masʼullari liftga xizmat ko‘rsatmasligini bildirgan. Shundan so‘ng, ular Toshkent shahar FVB bo‘limi markaziy dispetcherlik markaziga aloqaga chiqqan. Oradan besh daqiqa o‘tmasdan fuqarolar liftdan chiqarilgan. Ular tuman FVB xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Qayd etilishicha, mazkur lift “Texnopark” MCHJ tomonidan “Osten” brendi ostida ishlab chiqilgan bo‘lib, olti oygacha sinov muddati belgilangan. Lift uyga 15 kun avval o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi kunda sinov muddatini o‘tayotgani sababli xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasiga topshirilmagan.
“Lift Boshqaruv servis kompaniyasiga topshirilganidan so‘ng xizmat ko‘rsatish bo‘yicha BSK bilan shartnoma imzolanadi. O‘rnatilgan har bir liftning kirish peshtoqiga xizmat ko‘rsatuvchi va qutqaruv xizmati telefon raqamlari yozib qo‘yilganligi maʼlum bo‘ldi”, — deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q