Iqtisod
Tijorat banklarida AQSH dollarining sotuv kursi 12 ming soʻmdan oshdi. Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi tashqi savdo va pul oʻtkazmalari kanali orqali soʻmning real samarali almashuv kursining mustahkamlanishiga olib keldi.
Bu, oʻz navbatida, eksport va pul oʻtkazmalari tushumlari kanallari orqali mamlakatimizga valyuta tushumlariga va ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.
Natijada, ichki valyuta bozorida soʻm almashuv kursi devalvatsiyasi surʼatining biroz tezlashishi – fundamental omillar taʼsirida toʻgʻrilanishi kuzatildi.
“Markaziy bank kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish boʻyicha yetarli instrumentlarga ega boʻlib, zarur hollarda qoʻshimcha intervensiyalar amalga oshirish orqali tebranishlar yumshatib boriladi.
Mazkur toʻgʻrilanish real samarali almashuv kursning uzoq muddatli trendiga qaytishiga olib keladi va muvozanatli kurs valyuta tushumlarini oshirish orqali bozorda taklif oʻsishiga xizmat qiladi. Real samarali almashuv kursi yil oxirigacha va oʻrta muddatli istiqbolda nisbatan barqaror boʻladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q