Advokat boʻlish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi

Saqlash
20:55 / 10.08.2023 1009 0

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

 

Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:

 

Advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka oʻtashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.

 

Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlish lozim edi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//