Jamiyat
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevning topshirigʻiga koʻra viloyatning chekka hududlarida “Maʼnaviyat va maʼrifat” radiouzellari oʻrnatilmoqda.
Bundan koʻzlangan maqsad, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarining mazmun-mohiyatini aholiga, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga tushunarli tarzida yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan xabardor qilishdir.
Topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyat boʻlimi tashabbusi bilan Sirdaryo tumanining “Ilgʻor” va “Elobod” mahallalariga “Maʼnaviyat va maʼrifat” radiouzellari oʻrnatildi.
Radiouzel eshittirishlarida qonun, qaror va farmoyishlar targʻiboti, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, insonlar oʻrtasida hamjihatlik va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bilan birga radiouzel dasturlari davomida milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar, audio kitoblar, oʻzbek va jahon musiqalari aholi eʼtiboriga eshittirib boriladi.
Kelgusida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi tomonidan viloyatning barcha tuman-shaharlarining chekka mahallalariga radiouzellar oʻrnatilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q