Siyosat
Xabaringiz bor, UzAuto Motors tomonidan e’lon qilingan Cobalt, Lacetti va Damas avtomobillari sotuvi bir kundayoq tamom bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi yurtdoshlarimiz bu turdagi mashinalarni xarid qilgandan so‘ng, shartnomalarga ustama qo‘yib, OLX sayti orqali “tadbirkorlik” qilmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu harakat yuzasidan shar'an joiz emas, degan fatvoni e’lon qildi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining aytishicha, bu yerda bir qarashda shartnomaning oʻzi sotilayotganga oʻxshab koʻringani bilan, aslida shartnoma predmeti boʻlgan mashina savdo moli boʻlib, unga qilinadigan toʻlov shartnoma egasining nomidan amalga oshiriladi va mashina ham uning nomiga chiqadi. Yaʼni sotuvchi hali qoʻliga kirmagan mashinani ustiga foyda qoʻyib sotadi. Bu ish esa, sharʼan joiz emasdir.
Qolaversa, bu holatda fuqarolarning aldanib qolish ehtimoli yuqori ekanligi eslatiladi. Chunki mashinaga toʻlov qilayotgan shaxs shartnoma egasining nomidan toʻlov qilgani uchun, mashina ham shartnoma egasining nomiga chiqadi va qachonki u notarial idora orqali xaridor nomiga oʻtkazib bermagunicha mulk ham uning ixtiyorida boʻladi.
Markaz xulosasiga koʻra, shu kabi jihatlarni inobatga olganda, avtomashina sotib olish uchun tuzilgan shartnomani sotish sharʼan nojoizdir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q