Jamiyat
Toshkentda 63 yoshli erkak 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qildi. Bu haqida Nemolchi.uz loyihasi xabar qildi va erkak qizga buzuq harakatlar qilib, uni o‘pgani aks etgan videoni o‘z sahifasiga joyladi. Toshkent shahri IIBB erkak ushlangani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.
Aniqlanishicha, holat 8-avgust kuni taxminan soat 18:30 da sodir bo‘lgan. 63 yoshli M.I. Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yo‘l chetida o‘tirgan 8 yoshli Sh. U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
IIBB holat bo‘yicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan ariza tushmaganini bildirdi.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumon qilinuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111043
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74514
Jamiyat
//
Izoh yo‘q