Jamiyat
Toshkent shahar Mirobod tumanida erkak 17 yoshli o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan sud jarayonlari yakunlandi.
Unga ko‘ra, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida O.O. (1997-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S.Sodiqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq O.O. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining appelyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest kiritishga haqliligi ma’lum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q