Jamiyat
Firibgarlik yo‘li bilan 25 million so‘mga yaqin pullarni ehson sifatida o‘zlashtirgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.I. (ayol),2022-yilning sentyabr oyida “Telegram” messenjeri orqali orqali profil ochib, boshqa birovning voyaga yetmagan qizining kasal holatdagi suratini joylagan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqdagi turli guruhlarga ushbu suratdagi qiz, farzandi ekanligini hamda kasalligi va yordamga muhtojligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.
Natijada T.I, onasi nomiga ochilgan bank plastik karta raqamini “Telegram” ga joylab, fuqarolarning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan 25 million so‘mga yaqin pullarni ehson sifatida o‘zlashtirishga erishgan. Andijon viloyati IIB TQX kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lga kiritilgan pullarni firibgar ehtiyojlari uchun ishlatib yuborilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q