Madaniyat
2022-yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki mamlakat delegasiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi. Muzokaralar chog‘ida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Shu munosabat bilan balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida o‘rnatildi. Bu haqida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110974
Jamiyat
94497
Jamiyat
90428
Jamiyat
74440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q