Bekobod tumaniga hokim tayinlandi

Saqlash
03:11 / 08.08.2023 1334 0

Mirzayev Shuhrat Shahobutdinovich —  Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Sh. Mirzayev  1982-yilda  Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2004-yil Toshkent moliya instituti hamda 2007-yil G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yil  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

 

Lavozimga tayinlangunga qadar, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshligʻining oʻrinbosari  vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//