Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar qayta nomlanadi. Hokimlik mahalliy aholi fikri bilan qiziqmoqda

Saqlash
02:56 / 08.08.2023 1324 0

Toshkent shahridagi ayrim nomsiz ko‘chalarga nom berish, amaldagi ko‘chalarni qayta nomlash va ularning obyekt turini o‘zgartirish taklif etilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan Toshkent shahridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash hamda obyekt turini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan takliflar kelib tushgan. 

 

Hokimlik mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida fuqarolarni geonom.tashkent.uz saytida o‘z fikrini bildirishga taklif etadi.

 

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

 

— Og‘zaki ravishda: +99871 210 04 13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha) murojaat qilish orqali;


— Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

 

— Elektron shaklda: geonom@digitaltashkent.uz  elektron pochtasiga xat yuborish  yo‘li bilan. 

 

Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 7-avgust kunidan 21-avgust kuniga qadar bildirishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//