Siyosat
Prezidentning tegishli qarori bilan iqtisodiyot va moliya vazirligida ayrim rahbar xodimlar lavozimga tayinlandi va ayrimlari lavozimidan озод этилди. Jumladan:
Ilhom Ibroximovich Norqulov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Ahadbek Yahyobekovich Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Abdulaziz Abdulahadovich Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, u bunga qadar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktori edi;
Otabek Rustamovich Fozilkarimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Bobur Botirovich Xodjayev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, shu munosabat bilan Prezident Administrasiyasining bank-moliya, soliq sohalarini rivojlantirish va “xufyona iqtisodiyot”ni qisqartirish shoʻbasi mudiri lavozimidan ozod etildi;
Jasur Hazratqulovich Qarshiboyev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi;
Murodbek Bekberganovich Atadjanov vazirlik huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi;
Shuningdek, iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Erkamovich Rustamov hamda Dilshod Shuhratovich Sultanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, lavozimidan ozod etildi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
109942
Jamiyat
94284
Jamiyat
90132
Jamiyat
73380
Jamiyat
//
Izoh yo‘q