Jamiyat
O‘zbekistonning qator viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “X.V.” xususiy firmasi rahbari O.X. tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan 2 dona Sinotruk Howo rusumli sement tashuvchi transport vositasini garovga qo‘ymasdan boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 1,7 milliard so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda “A.B.”, “F.”, “E.M.”, “A.B.”, “N.N.”, “A.G.”, “E.G.” MCHJlarning masʼul shaxslari “Samarqand” MFY hokim yordamchisi Sh.I. bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan 17 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga mahsulotlarni yetkazib bermasdan, jami 526,6 million so‘mni MCHJlarga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.
Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro Sh.X. “Zarbdor”, “Olmazor” va “Qahramon” MFY bo‘yicha hokim yordamchilari bilan o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan 7 nafar fuqaroga issiqxona qurish uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, fuqarolarga issiqxona qurib bermasdan soxta dalolatnomalar tuzish orqali jami 243,9 million so‘mni o‘g‘li L.A.ning nomiga tashkil etgan taʼminotchi “D.M.” MCHJga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q