Siyosat
Kuni kecha Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Saodatova, tuman hokimi Akrom Aripov hamda nuroniylar, yoshlar, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qaroriga ko‘ra tuman hokimligi balansida bo‘lgan foydalanilmayotgan binoda rahbar va mutaxassis xonalari, kutubxona, yig‘ilishlar zali tashkil etilib, Maʼnaviyat va maʼrifat maskani sifatida tuman bo‘linmasi ixtiyoriga berildi. Bu yerda shuningdek, Qashqadaryodan birinchi bo‘lib O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan Bo‘ron Ro‘ziyev, Qobil Mo‘minov faoliyati aks etgan burchak ham tashkil etiladi.
Qayd etish lozim, 2021-yilda Qarshi shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi uchun, Shahrisabzda esa tuman bo‘linmasi uchun bunday maskanlar qurib foydalanishga topshirilgan edi. 2022-yilda Kitob, Nishon, Dehqonobod va Yakkabog‘ tumanlarida, joriy yilda esa Mirishkor, Shahrisabz, Ko‘kdala va Muborakda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari ish boshladi. Shu tariqa, Qashqadaryoda bunday maskanlar soni 10 taga yetdi.
“Oyina.uz”ning Telegram'dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘ling!
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q