Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 4-avgust kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olgan Viloyat hokimi oʻrinbosari A.Savurbayev, tuman hokimi A.Ashurov, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari I.Umarovalar foydalanishga topshirilgan ushbu yangi ziyo maskani unib-oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularda milliy gʻurur, iftixor tuygʻularini shakllantirish, tumandagi ijtimoiy maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishda munosib xizmat qilishni taʼkidlab oʻtdilar.
Shundan soʻng, tuman hokimi A.Ashurov tomonidan Maʼnaviyat va Maʼrifat maskanining ramziy kaliti Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari I.Holiqovga tantanali tarzda topshirildi.
“Oyina.uz”ning Telegram'dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘ling!
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q