Jamiyat
Farg‘ona viloyatida Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari soni yana bittaga ko‘paydi. Farg‘ona shahridagi "Do‘stlik uyi" imkoniyatlari yanada kengayib, bu yerda Ma’naviyat va ma’rifat maskani ish boshladi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Vosiljon Nazarov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonov mamlakatimizdagi islohotlar jarayonida kuchli ma’naviyat muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Bu yerda kutubxona, ijodkorlar xonasi, anjumanlar zali, maqom, raqs, hunarmandchilik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Maskanda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada o‘tkazish imkoni mavjud.

Ishtirokchilar Ma’naviyat va ma’rifat maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Bu joy chinakam ma’rifat maskaniga aylanishi, rang-barang tadbirlar, loyihalar amalga oshiriladigan, ziyoli insonlar qadami arimaydigan joy bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
.jpg)
.jpg)
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111043
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74513
Jamiyat
//
Izoh yo‘q