Jamiyat
Toshkentda joylashgan to‘lov kompaniyalardan biriga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari kirgani va kompaniyaning bir nechta xodimlarini hibsga olgani haqidagi xabarlar tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Poytaxt IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida fuqarolarning plastik kartalaridan 12 milliard so‘m miqdoridagi pullar o‘g‘irlangani yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.
Jinoyatni to‘liq fosh qilish va jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipini taʼminlash, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplatish choralarini ko‘rish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda. Tergov jarayonida plastik kartalardagi pullar turli to‘lov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketgani aniqlangan.
“Mazkur jinoyat ishi doirasida poytaxtdagi to‘lov tizimi kompaniyalaridan birida tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida hech kim hibsga olinmagan, kompaniya masʼul xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish olingan. Jinoyat ishi yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q