Madaniyat
Mustaqillikning 32 yilligi bayrami arafasida Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari M.Sulaymonov, tuman hokimligi masʼullari, jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
.jpg)
Tuman markazida qad rostlagan ushbu maskanda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlarini yuqori saviyada oʻtkazish imkoni mavjud. Sara kitoblar ilm muxlislari ixtiyorida.
.jpg)
“Bunday maskanlar aholining, yoshlarning muloqot maydoni boʻlishi kerak. Tadbirbozlik, nasihatgoʻylikdan koʻra, tashviqotning taʼsirchan usullariga oʻtish vaqti keldi. Bunda esa Maʼnaviyat maskanlarining oʻrni juda zarur”, deydi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov.
Keyingi ikki yilda Fargʻona viloyati shahar-tumanlarida barcha zamonaviy sharoitlar va qulayliklarga ega 12 ta Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari tashkil etildi. Joriy yilda esa yana shunday 7 ta maskan ish boshlaydi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109832
Jamiyat
94195
Jamiyat
90019
Jamiyat
73209
Jamiyat
//
1 Izoh
Sayyora
09:08 / 05.08.2023
Juda yaxshi, mana shunday maskanlar ko'payaversin.