Jamiyat
Oʻzgidromet xizmati agentligi direktori Sherzod Habibullayev 6−8-avgust kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini xavfidan ogohlantirmoqda.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112159
Jamiyat
94843
Jamiyat
90913
Jamiyat
75696
Jamiyat
//
Izoh yo‘q