Oʻzbekistonda olti oyda 12 nafar sudya lavozimidan olindi

Saqlash
02:05 / 04.08.2023 2101 0

Oʻzbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, sudyalarni tayinlash, joy-joyiga qoʻyish, boʻsh lavozimlar uchun ochiq va oshkora oʻtkazilgan tanlovlar natijasida oʻtgan olti oyda 133 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlangan. Ularning 55 nafari sudyalik lavozimida boʻlishning navbatda 10 yillik muddatiga, 3 nafari muddatsiz davrga, 72 nafari vakolati muddati davriga yuqori va boshqa sudyalik lavozimlariga, 3 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan.

 

Shuningdek, tayinlovlarga oid ochiq tanlovlarda vakolat muddati tugagan 6 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topilgan. Oʻtgan olti oyda sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga taʼsir oʻtkazishga urinish holatlari boʻyicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Buning natijasida 1 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, 2 ta holat oʻrganilmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning oʻtgan olti oyida faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 128 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilgan.

 

Bundan tashqari 12 nafar sudya odil sudlovni amalga oshirishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygani hamda Sudyalar odobi kodeksi talablariga rioya etmagani uchun;

 

11 nafar sudya oʻz arizasiga koʻra;

 

1 nafari sudya boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan;

 

jami 22 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

 

Bundan oldin Oʻzbekistonda 6 nafar sudya lavozimida oʻzgarish roʻy bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab boʻlgan sudyaga chora koʻrilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//