Madaniyat
Kecha, 2-avgust kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Samarqand viloyat musiqa va drama teatrining yetakchi aktyori Bahrulla Rahimov 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Samarqand viloyati musiqali drama teatrining oliy toifali drama aktyori Bahrulla Rahimov 1959-yil 10-aprelida Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumanida tugʻilgan.
1976-1980-yillarda Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼat institutining “Drama va kino aktyorligi” mutaxassisligini tamomlagan.
Bahrulla Rahimovteatrdagi 43 yillik mehnat faoliyati davomida Zindonbon va Darvesh (“Ulugʻbek”), Amir Nasrulloh (“Nodirabegim”), Amir Temur (“Samarqandnoma”), Behbudiy (“Behbudiy”), Sulayxiy (“Imom Buxoriy”), Aleksandr Makedonskiy (“Quyosh farzandi Spitamen”), Avaz (“Bir oʻlib koʻraychi”), Edip (“Edip”), Shayxulislom va Temurning arvohi (“Mirzo Ulugʻbek”), Odam ato (“Qobil ila-Hobil”), Bobo (“Koʻchki”), Graf Gloster (“Qirol Lir”) kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q