Oʻzbekistonning tarixiy shaharlarga lyuks poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
01:14 / 04.08.2023 1966 0

Transport vazirligida “Arsenale Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik masalalari hamda Oʻzbekistonning tarixiy shaharlarida lyuks sayyohlik poyezdini ishga tushirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi. Kompaniya rahbariyati vagonlarni panoramali derazalar, hashamatli kabinalar va restoran vagonlari bilan jihozlashni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda bunday poyezdlar qurilish jarayonida boʻlib, 2026-yilda bunday vagonlar BAA va Saudiya Arabistonida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Italiya kompaniyasi lyuks vagonlarni Toshkent – Samarqand — Buxoro – Xiva – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ishga tushirishni taklif qildi. Kompaniya vakillari vagonlar Italiyada ishlab chiqarilishi rejalashtirilganligini taʼkidladi. Sayyohlik poyezdi jami 33 ta kabina va umumiy sigʻimi 66 yoʻlovchiga moʻljallangan yuqori qulaylikka ega 12 ta lyuks vagonlardan iborat boʻlishi rejalashtirilgan.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masala boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//