Buxorolik oʻquvchi xalqaro SAT imtihonida rekord natijani qayd etdi

Saqlash
20:08 / 03.08.2023 3982 3

Buxoro shahridagi 2-umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi Parviz Tuksanov oʻtgan oʻquv yilida bilish darajasini belgilovchi xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ballni qoʻlga kiritib, bu borada mamlakatimiz yoshlari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

 

Joriy yilda esa u SAT imtihonida 1560 ballni qoʻlga kiritib, rekord natijani qayd etdi.

 

SAT imtihoni - “akademik baholash testi” boʻlib, abituriyentlarning tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini tekshirish uchun oʻtkaziladigan xalqaro imtihon. Dunyoning eng nufuzli oliygohlarida oʻqish istagida boʻlgan yoshlar, albatta SAT sertifikatiga ega boʻlishlari shart.

 

“Parvizning maqsadi - TOP-5 talikka kiruvchi oliygohlarda tahsil olib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishdir. Yuksak marralarni koʻzlayotgan bu iqtidorli va tirishqoq oʻquvchiga omad tilab qolamiz”, deyiladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bergan maʼlumotda.

3 Izohlar

Xasan

20:08 / 05.08.2023

Parvizbek omadizni bersin. Bundan yaxshi marralarni zabt etib, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshib, ota-onaningiz yuzini yorugʻ qilib, duolarini olib yuring.

Mahsuma

02:08 / 04.08.2023

Omad sizga oʻxshagan insonlarni koʻpaytarsin Allohim

Zuhriddin

20:08 / 03.08.2023

Ota onasiga raxmat

Izoh qoldirish