Jamiyat
Avvalroq 2023/2024-oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangandi. Endilikda mazkur roʻyxatdan ayrim sertifikatlar chiqarib tashlandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, vakolatli tashkilotlar tomonidan roʻyxatdan chiqarilgan sertifikatlarni oʻrganish natijasida quyidagilar aniqlangan:
sertifikatlarni berishda onlayn nazorat toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, yaʼni, bir shaxs oʻrniga boshqasi kirib topshirib chiqish holatlari mavjudligi;
baʼzi sertifikatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
sertifikatlarning haqqoniyligi tekshirilganda test topshiruvchining shaxsini aniqlash imkoniyati mavjud emasligi;
ayrim sertifikatlarni berish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida axborot xavfsizligi talablariga toʻliq javob bermaganligi, test savollarining doimiy takrorlanishi.
Shunday boʻlsa-da, roʻyxatdan chiqarilgan sertifikat egalarining 1-avgustgacha olgan sertifikatlari uchun yakuniy muddatiga qadar ustama toʻlovlari toʻlab borilishi belgilangan.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq APTIS for teachers, Linguaskill sertifikatlaridan yangi ishga kirayotgan talabgorlarni ishga qabul qilish jarayonlarida foydalanilish imkoniyati saqlanib qolmoqda.
Qabul qilingan qoʻshma qarorga asosan jami 13 ta sertifikat roʻyxatdan chiqarilgan. Ushbu havola orqali 2023/2024-oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama toʻlab beriladigan sertifikatlar roʻyxati bilan tanishish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q