Jamiyat
Oʻzbekistonda qancha erkak koʻp xotinlilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangani ochiqlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
Unga koʻra, 2018—2022-yillar davomida Jinoyat kodeksining 126-moddasida (koʻp xotinli boʻlish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 34 nafar shaxs sudlangan boʻlib, ularga tegishli jazo tayinlangan.
Qayd etilishicha, 2023-yilning dastlabki olti oyi mobaynida ushbu koʻrsatkich 4 nafar shaxsni tashkil etdi.
Koʻp xotinli boʻlish, yaʼni umumiy roʻzgʻor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashash bazaviy hisoblash miqdori (hozirda 330 ming soʻm)ning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q