Jamiyat
Ozarboyjonda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida Abdulla Qodiriyning ozar tilida qayta chop etilgan “Oʻtkan kunlar” romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Madaniyat vazirligining xabar berishicha, Boku shahridagi Ozarboyjon Milliy kutubxonasida Oʻzbek milliy adabiyoti ekspozitsiyasi tashkil etilgan. Unda Abdulla Qodiriyning ozar tilida qayta chop etilgan “Oʻtkan kunlar” romanining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

“Ushbu asar ilk bor 1929-yilda ozar tiliga oʻgirilib, bir necha bor qayta nashr etilgan. Bu ikki xalq adabiyotining oʻzaro mushtarakligi mevasi. Asarda koʻtarilgan masalalar, tarixiy voqealar, qahramonlar taqdiri ozarbayjonliklarga ham begona emas. Shu sababli turkiy xalqlar “Oʻtkan kunlar” asariga qayta-qayta murojaat qiladi. Shu nuqtai nazardan, bu asarni butun turkiy xalqlarning adabiy mulki, deb aytsak xato boʻlmaydi”, — deydi Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111889
Jamiyat
94687
Jamiyat
90684
Jamiyat
75388
Jamiyat
//
Izoh yo‘q