Vahshiy qotillik: Toshkentda 8 yil avval bedarak yoʻqolgan 18 yoshli qizning murdasi topildi

Saqlash
01:33 / 28.11.2021 959 0

Toshkentda bedarak yoʻqolgan qizning sakkiz yil oʻtib daragi chiqdi. Afsuski, uning tirigi emas, balki murdasi Toshkent viloyati Parkent tumanidagi dala hovlining yertoʻlasidan topilgan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB xabar berdi. 

 

Hali 18 yoshga toʻlmagan Nargiza 2012-yilning 25-sentyabrida Eski Joʻva bozorida, oʻgay otasi, onasidan 9 yosh kichik boʻlgan sharʼiy nikohdagi Sanjarbek chaqirgani bois uning oldiga borgan va uyiga qaytib kelmagan.

 

Nargizaning yaqinlari shu vaqtgacha uni izlab ichki ishlar organlari va prokuraturaga murojaat qilib kelishgan. 

 

Mazkur ish yuzasidan 2012-yili tuman prokuraturasi tomonidan odam oʻgʻirlash jinoyati boʻyicha ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davomida aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmagani sababli mazkur jinoiy ish bir necha bor harakatdan toʻxtatilgan.

 

Mazkur jinoyat ishi 2020-yili Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida oʻrganib chiqilgach, Gʻiyosova Nargizaning bedarak yoʻqolishida qotillik alomatlari aniqlanganligi bois, jinoyat ishi qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborilgan.

 

Tergov harakatlari natijasida Nargiza qotillik qurboni boʻlgani aniqlangan. Qizni oʻgay otasi – Surxondaryo viloyatida 1984-yilda tugʻilgan Toʻxtayev Sanjarbek boʻgʻib oʻldirib, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi dala hovli yertoʻlasiga koʻmib yuborgani aniqlandi.

 

Toshkent viloyati sudi tomonidan Toʻxtayev Sanjarbekka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2- qismi bilan ayblanib, 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//