Toʻrt yigit Kattaqoʻrgʻon suv omborida choʻkib ketdi

Saqlash
01:53 / 03.08.2023 1304 0

30-iyul kuni Kattaqoʻrgʻon suv omborida 4 nafar yigit choʻkib ketgani aniqlandi.

 

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Koʻkdala tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani “Poʻlat” mahallasida yashovchi tanishi M.M.ning tugʻilgan kunini nishonlash maqsadida borgan. Shu kuni soat taxminan 17:30 atrofida mahalladan oʻtuvchi Kattaqoʻrgʻon suv omboriga choʻmilish maqsadida borishgan.

 

U yerda boʻlgan qayiq bilan suv omborining qirgʻogʻidan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borishgan. Suratga tushmoqchi boʻlishganida tartibsiz harakatlar qilishgani sababli muvozanatni yoʻqotib, qayiq agʻdarilib ketgan. Natijada ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoshli yigitlar choʻkib ketgan, 3 nafari qirgʻoqqa suzib chiqa olgan.

 

Olib borilgan qutqaruv ishlari davomida bir kishi — 21 yoshli O.E.ning murdasi topilgan.

 

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//