Jamiyat
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 6 nafar oʻquvchi qizda erta homiladorlik kuzatilgan. Ularning aksariyati darsdan tashqari vaqtda, yozgi taʼtilda sodir boʻlgan.
2023-yilning dastlabki 6 oyi davomida (yanvar–iyun) Oʻzbekistondagi umumtaʼlim muassasalarida 6 ta erta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Azamat Kamolov 31-iyul kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Unga koʻra, 2023-yilning 6 oyi davomida 5ta hudud: Qoraqalpogʻiston (1ta), Qashqadaryo (2ta) Samarqand (1ta), Sirdaryo (1ta), Surxondaryo (1ta) viloyatlarida tahsil olayotgan jami 6 nafar oʻquvchi qizda erta homiladorlik aniqlangan. Kamolovning qayd etishicha, holatlarning aksariyati maktabdan tashqari vaqtda yoki yozgi taʼtil paytida sodir boʻlgan.
“Bularning hammasi umumtaʼlim maktablaridagi emas, oilalardagi holat. Ularning oldini olish boʻyicha oʻquvchi qizlar oʻrtasida ularni oila hayotiga tayyorlash, sogʻliqni saqlash xodimlari bilan oqibatlarni tushuntirish mumkin boʻlgan koʻplab tadbirlar oʻtkaziladi.
Lekin tahlil qilganimizda, aksariyat hollarda [bunday holatlar] yozgi taʼtil davrida yoki maktabdan tashqarida boʻlgan davrda yuzaga kelishi aniqlangan. Ammo bu maktablar masʼuliyatni zimmasiga olmaydi degani emas. Shuning uchun birinchi navbatda ota-onalar, sinf rahbarlar bilan hamkorlikda bu boradagi ishlar doimiy yoʻlga qoʻyilgan”, – deydi Kamolov.
Taʼkidlanishicha, maktablarda erta homiladorlik, erta tugʻruqning oldini olish boʻyicha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, joylardagi mahalla faollari, xotin-qizlar faoli, maktab psixologi, sinf rahbari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q