Jamiyat
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi;
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi.
Respublika komissiyasiga barcha hududlarda “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, anjumanlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari va boshqa tadbirlarni samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, taniqli sportchilardan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etish topshirildi.
Quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
soʻnggi yillarda respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni aniq misollar asosida keng yoritish;
“Har bir kun — bu imkoniyat, har bir kun — bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida eʼtibor qaratish va boshqalar.
Oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan;
Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q