Jamiyat
Fargʻona viloyatida yashovchi qoʻllaridan ayrilgan talaba yigitga mashina berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 3-bosqich talabasi boʻlgan mazkur yigit ikki nafar farzandning otasi. U 27 yil avval sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli ikki qoʻlidan ayrilgan. 10 yildan buyon haydovchilik qilib kelmoqda.
Fargʻona halqasi avtomobil yoʻlida oʻzining “Moskvich”ida harakatlanib ketayotgan vaqtida oʻrganish ishlari olib borayotgan respublika ishchi guruhi vakillari uni toʻxtatgan. Ishchi guruh u bilan suhbatdan soʻng yangi Labo'ni kredit asosida rasmiylashtirib, kreditning boshlangʻich qismini homiylik yordamida toʻlab berdi. Qolgan qismini ham toʻlashda amaliy koʻmak koʻrsatish maqsadida YHXX qaramogʻiga olib, ishga joylashtirildi. Shu orqali yigit doimiy ish bilan taʼminlandi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95098
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q