Jamiyat
“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasiga qarashli UNG Petro yonilgʻi quyish shoxobchalarida mart oyi oʻrtalarida joriy etilgan Ai-92 benziniga “bahoriy” chegirmalar toʻxtatildi. Bu maʼlumot yonilgʻi quyish shoxobchalarida tasdiqlandi.
Chegirma vaqtida ushbu markadagi benzinning litri narxi 7500 soʻmni tashkil qildi (boshqa kompaniyalarning yonilgʻi quyish shoxobchalarida qimmatroqligicha qoldi). Yangi narx esa 8600 soʻm. Chegirma joriy etilgunga qadar amalda boʻlgan narx 9000 soʻmdan oshiqroqni tashkil etardi.
“Oʻzbekneftgaz” 1-maydan boshlab chegirmani bekor qilishni rejalashtirgan, ammo bu qaror nomaʼlum muddatga qoldirilgandi.
Prezident qarori bilan Ai-80 benzini uchun aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilgan. U oʻtgan yilning dekabr oyida yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatining cheklanishi va benzinga boʻlgan talabning oshishi munosabati bilan joriy qilingandi.
UNG Petro yonilgʻi quyish shoxobchalarida Ai-80 benzini litrining narxi 6050 soʻmligicha qolmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q