Siyosat
Bobolov To‘ra Abdiyevich Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
U 1994-yildan 2003-yilgacha O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini va tadbirkorligini boshqarish davlat qo'mitasining Surxondaryo viloyat hokimligida, 2003-2004-yillarda - Surxondaryo viloyati ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi lavozimlarida ishlagan, 2004-2016 yillarda - O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatalari Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
Toʻra Bobolov 2017-yil apreldan 2019-yil aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiy va biznes masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari bo'lgan. 2019-yil viloyat hokimligiga tasdiqlangan. 2022-yil 26-dekabr sanasida Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga oʻtgani munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q