Oʻzbekistonlik ogʻir atletikachilar OChda 11 ta medalni qoʻlga kiritdi

Saqlash
02:19 / 02.08.2023 1298 0

Hindistonda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 11 ta — 2 oltin, 4 kumush va 5 bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Oltin medal:

 

-67 kg: Nurillo Davlatboyev (oʻsmirlar, siltab koʻtarish);

 

-67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, dast koʻtarish).

 

Kumush medal:

 

-67 kg: Nurillo Davlatboyev (oʻsmirlar, dast koʻtarish va ikki kurash);

 

-67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, siltab koʻtarish va ikki kurash).

 

Bronza medal:

 

-61 kg: Azizbek Shomurodov (oʻsmirlar, 3 ta yoʻnalishda);

 

-67 kg: Diyorbek Roʻzmetov (yoshlar, siltab koʻtarish va ikki kurash).

 

Chempionat 5-avgustga qadar davom etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//