Toshkentda 11 yoʻnalishda yangi avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
01:13 / 02.08.2023 966 0

Yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 3-15-avgust kunlaridan boshlab, bosqichma-bosqich 11 ta avtobus yoʻnalishlarida yangi turdagi harakat tarkiblari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Quyidagi yoʻnalishlarda yangi turdagi avtobus harakatlari yoʻlga qoʻyiladi:

 

12-sonli avtobus yoʻnalishiga 14 dona “Yutong CNG” rusumli;

 

74-sonli avtobus yoʻnalishiga 7 dona “Yutong CNG” rusumli;

 

88-sonli avtobus yoʻnalishiga 13 dona “King Long” rusumli;

 

120-sonli avtobus yoʻnalishiga 11 dona “Mercedes-Benz” rusumli;

 

91-sonli avtobus yoʻnalishiga 13 dona “Yutong” rusumli elektobus;

 

97-sonli avtobus yoʻnalishiga 8 dona “Yutong” rusumli elektobus;

 

118-sonli avtobus yoʻnalishiga 14 dona “Yutong CNG” rusumli;

 

42-sonli avtobus yoʻnalishiga 10 dona “MAN” rusumli;

 

54-sonli avtobus yoʻnalishiga 9 dona “MAN” rusumli;

 

66-sonli avtobus yoʻnalishiga 8 dona “MAN” rusumli;

 

174-sonli avtobus yoʻnalishiga 9 dona “Mercedes-Benz” rusumli.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//