
Jamiyat
Maktabgacha taʼlim vazirligida OАV vakillari uchun “Maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar samarasi 4 yil ichida” mavzusida ochiq muloqot hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan vazirlikda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Muloqotda maʼlumot berilishicha, Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan 35 mln aholining 2,8 millioni 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar. Bunda aholining yillik oʻsishi 800 ming bolaga toʻgʻri keladi.
2020-yilda maktabgacha yoshdagi aholining 64,9 foizi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olindi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib maktabgacha taʼlimga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q