Madaniyat
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida 1—4-avgust kunlari “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtadi. Bu haqda “Dunyo” xabar bermoqda.
Ushbu tadbir ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar doirasida uyushtirilayotgani aytilgan.
“Oʻzbekiston madaniyati kunlari” dasturidan oʻzbekistonlik taniqli sanʼatkorlar ishtirokida katta konsert, Ozarboyjon Milliy kutubxonasi binosida tashkil etilgan “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” burchagining ochilish marosimi oʻrin olgan.
Shuningdek, oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “Oʻtkan kunlar” asarining ozarboyjon tilidagi nashri taqdimoti, milliy oshpazlik va hunarmandchilik koʻrgazmalari, mamlakat teatr jamoalari ishtirokidagi spektakllar namoyishi oʻtkaziladi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95098
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q