UzCard va Humo bankomatlarini birlashtirish ishlari toʻliq yakunlandi

Saqlash
03:12 / 01.08.2023 1370 0

Toʻlov kartalari foydalanuvchilariga yanada koʻproq qulaylik yaratish maqsadida barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala toʻlov tizimining ham kartalarini qabul qilishlari uchun birlashtirildi. Bu haqda UzCard xabar berdi.
 

“Endi Oʻzbekiston hududidagi barcha bankomatlar ushbu imkoniyatni qoʻllab-quvvatlaydi va siz “mos” bankomat izlab vaqt yoʻqotmaysiz. Har bir bankomat UzCard va Humo kartalaridan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.
 

 

Eslatib oʻtamiz, Humo va UzCard tizimlari integratsiyasi 2021-yilda boshlangandi. Jarayon choʻzilishiga sabab qilib UzCard bilan muzokaralar uzoq vaqt olgani aytilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//