Samarqandda oʻrta asrlarga oid arxeologiya obyektlari qisman buzilgani aniqlandi. Zarar miqdori 9 mlrd soʻm

Saqlash
00:55 / 01.08.2023 1285 0

Bosh prokuratura Samarqandda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlarini oʻtkazdi.

Tadbirda Urgut tumani “Mingtepa” mahallasida joylashgan “Toʻlqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 metr kub hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olingani, buning oqibatida tarixiy obyektga 4 mlrd soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan.

Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan oʻrta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya obyektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd soʻm zarar yetkazilgan.

Tekshirishlar natijasiga koʻra jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura mazkur jinoiy ishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi mumkinligini eslatib oʻtgan.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//