Jamiyat
Oʻzbekistonda Singapur tajribasi asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy taʼlim muassasalarida halollikni targʻib qilishga qaratilgan maxsus oʻquv dastur va qoʻllanmalar ishlab chiqiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov maʼlum qildi.
Agentlik xodimlari Singapurda Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi, Bosh prokuratura, PSB Akademiyasi, Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi kabi tashkilotlarga tashrif buyurib, hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazgani qayd etilgan.
Muzokaralar davomida bir qator masalalar boʻyicha kelishuvga erishilgan Xususan:
Singapurning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarni milliy amaliyotga tatbiq etish;
Singapur tajribasi asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy taʼlim muassasalarida halollikni targʻib qilishga qaratilgan maxsus oʻquv dastur va qoʻllanmalar ishlab chiqish;
Oʻzbekistonda zamonaviy aksilkorrupsiya mexanizmlarini ishlab chiqishda Singapur aksilkorrupsiya byurosi ekspertlarini jalb qilish;
Singapur amaliyoti asosida xususiy sektor vakillari hamda davlat idoralari moliya va iqtisod sohasidagi xodimlar uchun real keyslar asosida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish usullarini muhokama qilish va bu yoʻnalishda standartlarni joriy etish;
Oʻzbekiston davlat idoralari rahbar kadrlari uchun Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabida maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish;
davlat xizmatchilarini Singapur tajribasi asosida qisqa muddatli kurslarda malakasini oshirish;
hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha tergovchilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihani ishga tushirishga kelishilgan.
Bundan tashqari, prokuratura idoralariga xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, shuningdek, korrupsiyaga oid ishlarning sudda koʻrilishi va unda prokuror ishtiroki boʻyicha Singapur tajribasi oʻrganilib, tahlil qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q