Avgustning ilk kunida kutilayotgan ob-havo maʼlum qilindi

Saqlash
22:58 / 31.07.2023 1221 0

“Oʻzgidromet” 1-avgust, seshanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23...+25 daraja, kunduzi +38...+40 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja, baʼzi joylarda +42 darajagacha boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+27 daraja, kunduzi +35...+40 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlari togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//