Hafta davomida qanday ob-havo boʻladi?

Saqlash
22:45 / 31.07.2023 1383 0

“Oʻzgidromet” xizmati agentligi ish haftasi − 31-iyul − 4-avgust sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, kunduz kunlari havo +35…+40 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda +42 darajagacha isiydi, oʻrtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻli hududlarida 1-avgust kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

31-iyul va 1-avgustda shimolda va choʻl hududlarda, 3−4-avgustda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Keyingi dam olish kunlari esa harorat foni biroz pasayishi kutilmoqda, kunduzgi harorat +33…+38 daraja atrofida boʻladi.

Poytaxtda havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−6 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 8−10 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31-iyul − 4-avgustda +38…+40 daraja atrofida boʻladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//