Jamiyat
Oʻzbekiston prezidentining “Oʻzbekiston–2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni va “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik koʻrsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan boʻlib, unda 5 ta yoʻnalish boʻyicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
“Oʻzbekiston–2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli koʻrsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati tasdiqlanmoqda.
Fuqarolar loyihalarning muhokamasida faol ishtirok etib, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladigan takliflarni “Regulation.gov.uz” va “2030.strategy.uz” portallariga yuborishlar mumkin. Jamoatchilik muhokamasi 9-avgustgacha davom etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q