Jamiyat
Toshkent shahrida 25-noyabr kuni Turin politexnika universiteti darvozasi yonida 18 yoshli ikki yigit oʻrtasidagi janjal oqibatida bir talaba halok boʻldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, soat 13:00 atrofida universitet darvozasi oldida bir necha yosh yigitlar uchrashgan. Kelishmovchilik oqibatida 18 yoshli A.R. (talaba emas) 18 yoshli Sh.R.ning (shu universitet talabasi) yuziga musht tushirgan. Zarba tufayli u yerga yiqilgan va olgan shikastlari oqibatida halok boʻlgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi qoʻlga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q