Jamiyat
Surxondaryo viloyati Angor tumanida oʻz qizini 35 million soʻmga sotayotgan erkak qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Angor tumanida 1969-yilda tugʻilgan I.Z. oʻzining sharʼiy nikoh asosida 2019-yildan buyon birga yashab kelayotgan turmush oʻrtogʻi, 1994-yilda tugʻilgan X.S.ning 2023-yilning 17-iyul kunida tugʻilgan qizi B.Z.ni 35 000 000 soʻmga sotmoqchi boʻlgan.
19-iyul kuni soat 21:00 larda, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi Odam savdosiga qarshi kurashish boʻlinmasi hamda tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Erkak farzandini 1,4 ming dollar va 10 million soʻmga sotayotgan vaqtda xodimlar tomonidan ushlangan.
I.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
111042
Jamiyat
94511
Jamiyat
90453
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q