Ayrim chaqaloqlar nega kam uxlaydi? Shifokor buning sababini tushuntirdi

Saqlash
19:27 / 31.07.2023 1386 0

Chaqaloqning odatdagidan kam uxlashiga nima sabab boʻladi? Neontolog Malika Usmanova ushbu muammo yuzasidanfikr yuritdi.

 

— Meʼyordagidan kam uyqu asosan markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bor chaqaloqlarda kuzatiladi.

 

Masalan homiladorlikning oxirgi davri yoki tugʻruq paytida ona salomatligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelsa, yaʼni bola asfiksiya (nafas olish faoliyatining oʻtkir buzilishi tufayli qonda va toʻqimalarda kislorod yetishmasligi), gipoksiya (qonda va toʻqimalarda kislorodning meʼyordan kamayishi) yoki infeksiya yuqtirgan holda dunyoga kelsa, tugʻuruqxonadan chiqqach, unda uyqu buzilishi holati uchraydi.

 

Odatda yangi goʻdak bir sutkada 18 soatgacha uxlaydi. Agar u 14-16 soat dam olayotgan boʻlsa, bu ham meʼyor hisoblanadi. Biroq 14 soatdan kamligi uyqu buzilishidir.

 

Shuningdek, 5-9 oylik bolalar oʻrtacha 15-16 soat, 10 oylikdan 2 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar 12-13 soat uxlaydi. Vaqt oʻtgan sari esa kunduzgiga nisbatan tunda koʻproq orom oladi.

 

Bilish lozimki, uyqu vaqtida goʻdakning qoniga somatotropin gormonining 90 foizi ajralib chiqadi. U chaqaloqning jismoniy rivojlanishini taʼminlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//