
Jamiyat
“Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan filiallar tashkil etiladi:
akademik V.Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – xirurgiya;
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – kardioxirurgiya;
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – neyroxirurgiya;
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – urologiya;
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining – nefrologiya.
Shuningdek, transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi boʻlimlari hamda immunogenetik laboratoriya tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilidan barcha tibbiyot OTMning “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari oʻquv yilining 1-semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtaydi hamda maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismi masofaviy shaklda olib boriladi.
Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tumani tajribasi” joriy qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q