Siyosat
Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosarlariga, tuman va shahar hokimlariga jami 16 ta Tracker avtomashinasini xarid qilish uchun 4 mlrd soʻm ajratilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Viloyat hokimi Akmal Mahmudaliyev 12-iyul kuni (koʻplab viloyatlardan farqli ravishda) jonli efirda boʻlib oʻtgan viloyat kengashi sessiyasida yangi avtomobillar xarid qilish nima uchun kerakligini tushuntirdi.
«Ochigʻini aytish kerak, men bu masalani hukumat darajasiga koʻtardim, sababi biz hududlarga chiqyapmiz. Tumanda oʻzimiz ham ishlaganmiz. Men buni tahlil qildirdim. Hokimlar dalalarga, qishloq xoʻjaligi, qurilish obyektlariga boradi. Kunda-kunora xar bitta mashinasi harajat, 2016−2017-yillardagi mashinalar…
Bu bitta narsa, ikkinchisi, baribir ishlayotgan odamlarga ozgina motivatsiya kerak… Ayrim tumanlarda transport masalasi boʻlgani uchun [hokimlar] klasterlarning mashinasida yuribdi. Ertaga bu manfaatlar toʻqnashuviga olib kelmaydimi? Bunday boʻlmasligiga kim kafolat beradi?.. Ulardan talab qilishim uchun avvalo shart-sharoit yaratib berish kerak», dedi hokim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q